Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» «Uotford»ni to‘xtatdi va turnir jadvalida yuqoriladi
Angliya Premer-Ligasi 5-turida «Manchester Yunayted» «Uotford» mehmoni bo‘ldi. Shu paytgacha mezbonlar chempionatda birorta ochko yo‘qotmagan edi.
O‘yinning 35-daqiqasida Lukaku hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tgach, Smolling hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. 65-daqiqada Grey bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin «Manchester Yunayted»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Bu natijadan so‘ng, «MYu» 9 ochko bilan 8-o‘ringa chiqib oldi, APL startida qatorasiga 4 o‘yinda g‘alaba qozongan «Uotford» esa 12 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
APL, 5-tur
Uotford – Manchester Yunayted 1:2
15 sentabr, «Vikarej Roud» stadioni
Gollar: 0:1 – 35 Lukaku, 0:2 – 38 Smolling, 1:2 – 65 Grey.
Uotford – Foster, Ketkart (Saksess, 88), Xolebas (Mazina, 84), Yanmat (Femeniya, 72), Kabasele, Xyuz, Dukure, Kapu, Pereyra, Dini, Grey.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Valensiya (Bayi, 90), Lindelef, Matich, Fellayni, Lingard (Marsial, 71), Pogba, Sanches (Maktomini, 84), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Kapu (34), Xolebas (36), Matich (70), Valensiya (81).
Chetlatish: Matich (90)
Tur o‘yinlari

Turnir jadvalidagi holat

Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026