Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşib kelişi bilan tabiiy gazga bölgan ehtiyoj ortadi. Har kim issiq jon, qişning qirovli kunlarida qiynalişni istamaydi. Va bu tabiiy holat, albatta. Sönggi yillarda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilgan adolatli siyosat natijasida mamlakatning köplab hududlari gazlaştirildi. Tabiiy gaz quvuri yetib bormagan joylarga esa suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib beriş tizimi yölga qöyildi va u tartibga solindi. 

Biroq ayrim hududlarda zamonaviy islohotlarning asl mohiyatiga tuşunmaslikdanmi yoki mensimaslikdanmi suyultirilgan gaz ballonlari tarqatişda adolatsizlik va e'tiborsizlik yuzaga çiqayotgani ma'lum bölmoqda. Buni KUN.UZ tahririyatiga yetib kelgan quyidagi murojaatda ham köriş mumkin. Jumladan, unda şunday deyiladi:

“Assalomu alaykum. Men Qaşqadaryo viloyati, Ğuzor tumani, “Toşguzar” mahallasida istiqomat qilaman. Mahallamizda röy berayotgan nohaqliklarning barham topişida sizlardan yordam söramoqçiman. Mana, kuz fasli ham kirib keldi, köz oçib yumgunça qişning qahraton kunlari boşlanadi. Şu bois gaz ballonlariga bölgan ehtiyoj ortadi. Mahallamizda gaz ballonlari tarqatişda taniş-bilişçilik, qarindoş-uruğçilikka yöl qöyilmoqda. Oddiy, ehtiyoji bor insonlar gaz ballonlarisiz qolib ketmoqda. Buning sababini sörasak, aytişmaydi, bilgan joyingga bor deb döq urişadi”.

Murojaatçi – Mahmud Oçilovning ma'lum qilişiça, gaz ballon uçun ötgan yilning sentabr oyida hujjat topşirilgan, hatto tölovi ham qilingan. Ammo gaz balloni unga berilmagan, sababini hujjatlari yöqolgan, deb izohlaşgan. Şundan söng joriy yilning iyul oyida yana qaytadan hujjat qilinadi, tölovlar amalga oşiriladi. Ammo yana mavhumlik içida qoladi.

- Menga heç kim vaziyat yuzasidan tuşuntiriş bermadi. Sörasam, mavhum javoblar, qöpol ohangda gapirişlar. Özim mavsumiy işda işlayman. Qaçon, qayerda qora mehnat çiqsa, tirikçilik uçun öşa yerda xizmatda bölaman. Odam şunça ezilib işlasa-yu, el qatori gaz ballonli bölolmasam, rözğorimni butlay olmasam. Bu odamning ustidan kuliş, uning ğururini toptaş emasmi?.. – deydi M.Oçilov.