18 sentabr kuni soat 08:30 atrofida Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan ötuvçi Buxoro-Qorovulbozor magistral yölida harakatlangan yölovçi avtobusida noxuş hodisa röy berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, avtobusdagi gaz balloni portlaşi natijasida 4 yölovçi voqea joyida, 1 kişi esa şifoxonada vafot etgan.
Avtobusda jami 26 kişi bölgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, ayni vaqtda ahvoli oğir bölgan 5 nafar bemor Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi (RŞTYoIM) Buxoro filialiga yotqizilgan. Yana 7 nafar bemorning ahvoli örta oğirlikda, 9 nafarining ahvoli yengil bölib, ular Kogon şahar tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tez tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan.
«Jarohatlanganlarga şoşilinç yordam körsatiş uçun barça zaruriy çoralar körilib, RŞTYoIMdan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviatsiya tarmoği orqali yuborilgan», deyiladi xabarda.
Hozirda jabrlanganlarning şaxsi töğrisidagi ma'lumotlar aniqlanmoqda.
Avtohalokat sabablarini örganiş böyiça hukumat komissiyasi tuzilgan.



















