Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Buxoro viloyatida avtobusdagi gaz balloni portlab ketişi oqibatida vafot etganlarning oilasiga moddiy yordam pullari ajratildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, vafot etganlarning oilasiga 10 mln. sömdan, oğir tan jarohati olganlarga 5 mln. sömdan va  qolgan jarohatlanganlarga 2 mln. sömdan moddiy yordam pullari ajratib berilgan.

Marhumlarning janoza marosimlari uçun barça xarajatlar Vobkent tuman hokimligi tomonidan amalga oşirilmoqda.  

Bundan taşqari, aniqlanişiça, Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xöjaligi raisi R.Ahmedov, Vobkent tumani “Puşmon” MFY, “Xayrabodça” qişloğida yaşovçi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş uçun taşkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan kuniga har bir işçiga 25 ming söm haq tölaş evaziga fermer xöjaligida ekilgan makkajöxori boşoqlarini teriş, şuningdek jabrlanganlarning söziga köra, paxta teriş uçun oğzaki kelişib, Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda uşbu hodisa sodir bölgan.   

Eslatib ötamiz, avvalroq Buxorodagi portlaş oqibatida halok bölganlar haqida ma'lumot berilgandi.