16 sentabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasi yiğilişi ötkazildi.
Yiğiliş kun tartibida respublika aholisini un va non bilan işonçli ta'minlaş çora-tadbirlari körib çiqildi.
Yiğilişda «Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etiş asnosida don, un va non bilan işonçli ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
1. Içki iste'mol bozoriga mahalliy 1-navli un resurslari uzluksiz va bir tekisda yetkazib berilişini ta'minlaş böyiça Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişlov xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari ATD, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda «Özdonmahsulot» AKning quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
- 2018 yil 17 sentabrdan boşlab «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalariga qolipli non işlab çiqaruvçi korxonalarga hamda çakana savdo taşkilotlari (birinçi navbatda supermarketlar, savdo markazlari, ulgurji savdo taşkilotlari)ga un mahsulotini şartnomalar asosida çeklovlarsiz sotişga;
- 2018 yil 17 sentabrdan boşlab (alohida topşiriq berilgunga qadar) «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalariga istisno tariqasida, çakana savdoga ruxsat guvohnomasi talab etilmasdan, 1-navli mahalliy un mahsulotining turğun va köçma çakana savdosini amalga oşirişga.
2. «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalari tomonidan 1-navli un mahsulotining çakana sotiş narxi 1750 söm doirasida böladi.
3. Markaziy bank va Davlat soliq qömitasi birgalikda 1 kun muddatda mahalliy 1-navli un mahsulotining çakana savdosini amalga oşirişga jalb etilgan «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalarining buyurtmalari asosida ularni tezkor ravişda tölov terminallari bilan ta'minlaş hamda çakana sotiş joylarini kunlik inkassatsiya çoralarini köradi.
4. Davlat Soliq qömitasi, Boş prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalari tomonidan mahalliy 1-navli un mahsulotini supermarketlar, yirik savdo markazlarida, bozorlarda hamda savdo şoxobçalarida 1 kilogramm 1-navli mahalliy un mahsulotiga çakana narxlar asossiz şakllanişi oldini oliş çoralarini köradi.
















