“Sahar borgan yetar murodga”

Yumuş bilan Qirğizistonning Öş şahriga borişga töğri kelib qoldi. U tarafga yöli tuşgan tanişlardan borib-keliş tartibi haqida söradim. Ularning aytişlariça, Andijon viloyatidagi “Döstlik” çegara bojxona posti orqali ötiş unçalik ham köp vaqtni olmaydi – “ön beş daqiqaga qolmay Öşga ötib olasiz”, deyişdi ular. Ammo Qorasuv şahrida ulgurji bozor böladigan seşanba va şanba kunlari çegaradan ötiş ançayin maşaqqatli bölişini, tong sahar törtda bojxona postida bölişim ma'qulligini, şunda bir zumda ötişim mumkinligini maslahat berişdi.

Tanişlarning maslahatlariga amal qilib sahar uçda Andijonning Yangibozor hududi yaqinida joylaşgan maşinalar turargohiga yetib keldim. U yerda tört-beşta yengil maşina turardi. Meni körişlari bilan haydovçilar “Döstlik”kami?” deya yugurib kelişdi. Ulardan yöl kira neça pulligini sörayman. “Ön beş ming söm”, deyişadi bir ovozdan. Haydovçilardan biri bilan ön mingga kelişamiz va u meni maşinasiga boşlab boradi. U “Hozir yana odam yiğib kelaman, siz ötirib turing”, deya maşina eşigini oçadi-da, özi yugurib ortiga qaytib ketadi.

Tongni “Döstlik”da qarşi oldim

Taxminan yarim soatlarda maşinamiz töldi va yölga otlandik. Soat 4.15da “Döstlik”ka yetib keldik. Aytişganidek, post gavjum emasdi – çamasi öttiz nafar erkak-ayol ötiş yölagi oldida erkaklar bir tarafda, ayollar yana bir tarafda alohida saflarda navbatga tizilib turardi. Bolali ayollar, keksalar va nogironlar navbatsiz ötişlari tahsinga loyiq. Özbekiston va Qirğiziston çegara bojxona postlaridan ötişga köpi bilan yarim soat vaqt ketdi.

Har yerda hozir haydovçilar va valyuta almaştiriş punktlari

Çegaradan ötişingiz bilan hamma yerda bölgani kabi bu yerda ham sizni kirakaş haydovçilar kutib olişadi. “Qayerga borasiz?”, “Qorasuvmi?”, “Çiqişingiz bilan ketamiz, bir odam kam” deya atrofingizni örab olişadi.

Bu yerda e'tiborimni jalb qilgan narsa – valyuta almaştiriş punktlarining köpligi böldi. Keng maydonning ikki tarafida qator tizilgan valyuta almaştiriş dökonlari. Peşlavhalarga dollar, yevro, özbek sömi va qirğiz somining ayni paytdagi sotib oliş va sotiş narxlari yozib qöyilgan. Dökonlardan biridagi sotuvçiga ikki yuz qirğiz somi kerakligini aytgandim, u bu 24 ming söm bölişini bildirdi. Söralgan pulni uzatdim va 200 somni oldim.