Özbekiston-Qirğiziston çegarasida joylaşgan “Döstlik” bojxona posti yaqinida yaşovçi fuqarolarning neça yildirki halovati yöqolgan. Yuk maşinalarining bojxona tekşiruvidan ötiş uçun asosiy qatnov yölini tösib qöyib kmlab masofani egallab turişi, 10 yillardan beri bitmayotgan yangi yöl aholining xaqli e’tiroziga sabab bölmoqda. Kun.uz muxbiri bu borada tahririyatga murojaat qilgan Andijon viloyatining Xöjaobod tumani Yangi Farğona hamda Töraobod mahallasida yaşovçi aholi vakillari va rasmiylar bilan suhbatlaşdi.
Öquvçilarning yöldan ötişi ham ança xavfli. Maktabga ötiş yölagida na belgi va na yöl çiziği bor. Şunda ham ular maktabga boriş uçun hayotini xavf ostiga qöyib yölni egallab olgan yuk maşinalari oralab ötişlariga töğri keladi. 2013 yilda boşlangan yöl qurilişi işlarining sifatsiz bajarilayotgani esa alohida bir mavzu. Yerosti beton yölagining bir qismi öpirilib aholi yaşaş xonadonlaridan birini bosib qolgan ekan.


“Yuk maşinalarining yölimizni tösib qöyişi bizni çarçatdi. Turnaqator navbatlar to Gagarin qişloğigaça boradi. Yuk maşinalari haftada ikki kun nisbatan kamroq böladi. Qolgan kunlari har kuni mana şu ahvol. Ayniqsa şanba va yakşanba kunlari köçada yurişning iloji yöq.

Yaqinda şu katta maşinalarning biri tanişimni urib yubordi. Aptekaga ötgan ekan, qaytayotganda urib yuborib, ölib qoldi öşa yerda. Maktabga bolalarimizni qöyib yuborgani ham qörqamiz, köça mana bu ahvol bölsa. Katta yöl. Tösatdan kelib qoladi yuk maşinalari.
Köryapsiz-ku, belgi ham yöq yöllarda. Şörlik maktab bolalariga ham qiyin böldi. Maktabga ötuvçi yöl çiziği ham yöq. Mahallaga, yölga şaroit qilib qöyiş kerak-da. Yölda quriliş boşlanganiga 10 yil böldi axir. Hali bitmaydi”, deydi Şarifa Soliyeva.

“Furalarni qatorlatib qöyib ketişadi. Na yöldan öta olasan, na maşinangni bemalol haydaysan. Yuk maşinalari yölning bir tomonini töliq egallab olgandan keyin haydovçilar çorasizlikdan qarama-qarşi yönalişda harakatlanişga töğri kelyapti. Keçasi bilan signal çalib çiqişadi. Haydovçilarning baqir-çaqiriga uxlay olmaymiz, Xitoydan kelgan haydovçilar baqirganda qöyaveraverasiz. Qirğizistondan ötgan haydovçilar ham xuddi yaylovga çiqib qolgandek qiyqirişadi. Inspektorlar kelib signalini çalib sirenasini qöyib oladi. Odamlar dam olayotgandir, deb öylaydigan odamning özi yöq. Heç kimning işi yöq. Qaçongaça şu ahvolda yaşaymiz, bilmayman.




















