Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Novichok» mojarosi davom etadi - Solsberidagi restoranda zaharlangan ayol rossiyalik harbiyning qizi bo‘lib chiqdi
Rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan Angliyaning Solsberi shahrida 16 sentabr kuni zaharlanish bilan bog‘liq yana bir voqea sodir bo‘ldi.
Politsiya shahardagi Prezzo restoranida ikki kishining zaharlangani haqida ma'lum qilgandi. Britaniyaning «The Sun» nashri zaharlanganlarning kim ekanini aniqladi.
Nashrning ma'lum qilishicha, zaharlangan er-xotinlardan biri Anna Shapiro - rossiyalik model, uning eri esa britaniyalik Aleks King. Ayolning yoshi 30 yoshda, erkak esa 42 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.
Shapironing aytishicha, u Nijniy Novgorodda tug‘ilgan va 2006 yilda Isroil fuqaroligini olgan. 2008 yilda esa Londonga kelib, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan.
Ushbu juftlik restoranda pitssa, salatlar va oq vino buyurtma qilgan. Shapironing aytishicha, u Rossiyada yuqori lavozimda ishlagan sobiq harbiyning qizidir. Anna va uning oilasi Londonda yashayotganida rus razvedkachilari tomonidan ta'qib qilingan va jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, er-xotinga bir necha marta tahdid qilingan.
«Restoranga kirayotganda bizni ham Skripallar kabi zaharlashlari mumkin, deb hazillashgandim»,- deydi sobiq Rossiya fuqarosi bo‘lgan 30 yoshli Anna. Uning aytishicha, ovqatlanganlaridan so‘ng erining ahvoli yomonlashgan va u hojatxonaga chiqqan. Eri kelavermagach, Anna uning orqasidan borgan va turmush o‘rtog‘ini og‘zidan ko‘pik chiqqan holda hushsiz yotganini ko‘rgan. Birozdan keyin ayolning ham ahvoli yomonlashgan.
Aleks King deb aytilayotgan 42 yoshli Annaning erini zudlik bilan shifoxonaga olib borishgan va sun'iy koma holatiga tushirishgan. Ko‘p o‘tmay erkak o‘ziga kelgan.
«The Sun»ning yozishicha, er-xotin strixin og‘usi bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi
23:14 / 14.10.2024
Britaniyada «Novichok» yordamida zaharlanish ishi bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi
00:52 / 14.12.2020
Aleksey Navalniy Germaniyaga jo‘natilishdan oldin takroran zaharlangan – The Sunday Times
14:12 / 08.10.2020