Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Donbassda ötkazilayotgan harbiy amaliyot joyiga taşrif buyurdi. Bu haqda Ukraina birlaşgan kuçlari operatsiyalari matbuot markazidan xabar berişdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

Xabar qilinişiça, Uilyamson, xususan, Kramatorskka taşrif buyurib, u yerda birlaşgan kuçlar amaliyotlari qömondoni Sergey Nayev bilan uçraşuv ötkazdi. Uning davomida Britaniya mudofaa vaziriga vaziyat va uni barqarorlaştiriş böyiça körilayotgan çoralar haqida ma'lumot berildi.

«Keyinçalik birlaşgan kuçlar qömondoni xorijdan kelgan yuqori mansabli mehmonni joyning özidagi iş davomida brigadalardan birining harakatlari polosasida vaziyat bilan taniştirdi. Xususan, davlat kotibi mudofaaning oldingi çiziqlariga borib, u yerda birlaşgan kuçlar jangçilari bilan şaxsan suhbatlaşdi», - deya aytib ötişdi matbuot markazidan.

Şuningdek, Uilyamsonga kiriş-çiqiş nazorat-ötkaziş punktlaridan birining işi namoyiş etildi, şundan söng u Donbassdagi infratuzilma obektlarini tiklaş böyiça gumanitar taşabbuslarni muhokama qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina harbiylarini Azov dengiziga «taşlagandi».