Ukraina Quruqlikdagi qöşinlar qömondoni Sergey Popko mamlakat qurolli kuçlari Azov dengiziga «taşlangani» haqida ma'lumot berdi. U bu haqda özining feysbukdagi sahifasida yozgan.

Ta'kidlanişiça, qöşinlarni yuboriş Ukraina boş ştabining qarori bilan amalga oşirilgan. Uşbu çora Azov dengizidagi vaziyatni töliq nazorat qiliş, qirğoqlar mudofaasini kafolatlaş, şuningdek, kemalar guruhi faoliyatini qöllab-quvvatlaşga yordam beradi.

Infratuzilma vazirining örinbosari Yuriy Lavrenyukning sözlariga köra, «Gyurza-M» turidagi ikkita zirhli kema ham mintaqaga köçirildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko ukrainalik tankçilarning maşqlaridan «kuçli» videoni körsatgandi.