Rossiyaning KXDRdagi favqulodda va muxtor elçisi Aleksandr Matsegora sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Şimoliy Koreya atrofida dahşat muhitini yaratişga urinmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Men bu ayblovlarning ikkita sababini körmoqdaman. Birinçisi - Şimoliy Koreya atrofida dahşat muhitini yaratiş. Barçani, jumladan, Rossiya kompaniyalarini qörqitib, ularni KXDR bilan hattoki rezolyutsiyalar böyiça taqiqlanmagan yönalişlarda hamkorlikdan boş tortişga majburlaş. Menimça, bu birinçi navbatdagi maqsad», - dedi Matsegora.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Vaşington Moskvaga «barça masalalar böyiça», jumladan, Koreya yarim orolidagi vaziyat tufayli ham bosim ötkazişga urinmoqda. Uning qayd etişiça, AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining Rossiyaga ayblovlari asossiz va aniq isbotlar bilan mustahkamlanmagan bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Koreya yetakçilarining muzokaralariga baho bergandi.












