Rossiya mudofaa vazirligining 2014 yilda Donbassda Malayziyaga qaraşli «Boing» urib tuşirilgan raketa böyiça taqdim etgan hujjatlarda nomuvofiqliklar mavjud, deb yozmoqda «Novaya gazeta».
Ma'lum qilinişiça, 8869032 raqamli dvigatelning «tiklangan asl formulyari»da hujjat nusxasining yaratiliş sanasi 1986 yil 14 yanvar deb körsatilgan. Mahsulotning tayyorlaniş sanasi esa öşa yilning 24 dekabri deb körsatilgan. Jurnalistlarning fikriça, sanalardagi farq hujjat dastlab «Boing» urib tuşirilgan raketaga daxldor bölmaganligini va keyinroq tahrir qilinganligini bildiradi.

Bundan taşqari, naşrning e'tibor qaratişiça, «mahsulot hujjati»da raketaning seriya raqamlari qolgan raqamlarga nisbatan boşqaça yozilgan. Gazetaning yozişiça, sönggi ikki raqam yozilişida oçroq rangdagi böyoq işlatilgan. Jurnalistlar uşbu hujjatni yozuvni aniqlaydigan ekspertlarga körsatişni rejalaştirişgan.


17 sentabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi Donbassda Malayziya havo yöllariga qaraşli Boeing 777 samolyoti halokati böyiça brifing ötkazdi.

Unda ma'lum qilinişiça, fojia yuz bergan joyda topilgan bölaklar orqali raketaning bort raqamini aniqlaşga muvaffaq bölingan. Raketa 1986 yilda Dolgoprudniydagi ilmiy-işlab çiqariş korxonasida işlab çiqarilgan.
Vazirlikning raketa-artilleriya boş boşqarmasi boşliği general-leytenant Nikolay Parşinning sözlariga köra, raketa 1986 yil dekabrda Prikarpat harbiy okrugi tarkibida bölgan Ukraina SSR Ternopol oblastida joylaşgan 223-zenit-raketa brigadasiga jönatilgan.











