Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari Kim Chen In hamda Mun Chje In qo‘shma bayonotni imzoladilar. Marosim jonli efirga uzatildi, deya xabar beradi Yonhap agentligi.
Bitim tafsilotlari birdaniga ochiqlanmadi. Keyinchalik matbuot anjumanida Janubiy Koreya prezidenti Pxenyan va Seul, xususan, yarim oroldan yadro qurolini yo‘qotish haqida kelishib olganini aytdi.
Shuningdek, chorshanba kuni mamlakatlar o‘rtasida harbiy bitim imzolandi. Uni ikki davlat rahbarlarining ishtirokida mamlakatlar mudofaa vazirlari imzoladi. Hujjat Koreyalar o‘rtasida urush xavfini bartaraf etish, ziddiyatni kamaytirishni nazarda tutadi.















