«O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbariyati ICAO mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
19 sentabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Direktsiyasida aviakompaniya bosh direktori Baxtiyor Hakimovning poytaxtga «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar» Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Fuqaro aviatsiyasi Xalqaro tashkiloti Yevropa va Shimoliy Atlantika idorasi (ICAO) mintaqaviy direktori Luish Fonseka de Almeyda bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar parvozlar xavfsizligi sohasidagi ICAO standarti va tavsiyalarini kelgusida ham joriy etish hamkorligi masalalarini, shuningdek, ICAO’ning «Hech bir davlat e'tiboridan chetda qolmayapti» tashabbusi doirasida respublika fuqaro aviatsiyasini faoliyatini takomillashtirish va barqaror rivojlanish talablari muvofiqligini ta'minlash masalalarini muhokama etishdi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonning ICAO bilan ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mamlakat fuqarolik aviatsiyasini jahon standartlariga mos ravishda rivojlanishida qo‘llash imkonini berayotgani ta'kidlandi.
ICAO mintaqaviy direktori Xalqaro Transport konferensiyada ishtirok etish taklifi uchun kompaniya rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, forum mintaqada xalqaro fuqaro aviatsiyasi barqaror va xavfsiz rivojlanishning ko‘plab masalalarni muhokama qilish imkoniyatini berishini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 1992 yil iyulda O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konventsiya ratifikatsiya qilindi, shu yilning noyabr oyida O‘zbekiston ICAO Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining to‘liq a'zosi bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKdagi tarkibiy o‘zgarishlar yakunlandi
19:55 / 07.11.2019