Sport | 12:32 / 19.09.2018
4568
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va KXDR Olimpiada o‘yinlarini birgalikda o‘tkazmoqchi

Foto: REUTERS

Koreya Respublikasi va KXDR 2032 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini birgalikda o‘tkazish uchun ariza topshirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu haqda Pxenyanda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning joriy yildagi hisob bo‘yicha uchinchi sammiti yakunlari bo‘yicha deklaratsiyada aytilgan.

«2032 yilda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirish haqidagi kelishuvga erishildi», - deyiladi hujjatda.

Shuningdek, ta'kidlanishicha, mamlakatlar Tokiodagi 2020 yilgi o‘yinlarga birlashgan jamoalarni yubormoqchi, bu birinchi shunday tajriba bo‘lmaydi. Pxenchxandagi Olimpiadada KXDR va Janubiy Koreya terma jamoalari delegatsiyalari yagona Koreya bayrog‘i ostida ochilish marosimidagi sportchilar paradida ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy va Janubiy Koreya yadro quroli bo‘yicha muhim kelishuvga erishgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid