Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi yildan bolalar ba'zi maktablarga DXA orqali qabul qilinadi
Toshkent shahrida talab yuqori bo‘lgan maktablarda bolalarni ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda korrupsiya belgilarini yo‘qotish uchun kelgusi o‘quv yilidan boshlab ushbu maktablarga qabul qilish Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligining yagona darcha markazi orqali amalga oshiriladi.
Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, bu orqali noqonuniy harakatlarni amalga oshirayotgan rahbarlar va ularning vositachilarining shaxsiy manfaatlari yo‘lidagi harakatlariga chek qo‘yiladi.
Shu bilan birga, ota-onalar tomonidan talab yuqori bo‘lgan maktablarga tarmoq maktablari tashkil etish huquqi taqdim etiladi. Bu esa maktablarda joy yetishmasligi va korrupsiya omillarining kamayishiga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab direktorlariga korrupsiyani yo‘q qilish topshirig‘i berilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026