20 sentabr kuni Toşkentda «Markaziy Osiyo transport yölaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oşirilmagan imkoniyatlar» mavzusida transport kommunikatsiyalari sohasida birinçi xalqaro konferensiya boşlandi.
Uşbu tadbir soha tarmoqlari rahbarlarini, şuningdek, Markaziy Osiyo va xorijiy mamlakatlarning amaliyotçilari mutaxassislarini anjumanga jalb etgan holda temir yöl transporti, avtomobil transporti va aviataşuv böyiça muhim masalalarni hal etişga yordam beradi.
Iştirokçilar orasida 37ta mamlakatdan 300dan ortiq xorijiy mehmonlar taşrif buyurişgan: Latviya, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polşa, Rossiya, Singapur, Avstriya, Ozarboyjon, Afğoniston, Belorus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQŞ, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Şveytsariya va Yaponiya mamlakatlari va boşqalar.
«Bu muloqot maydoni qöşma yeçimlarga keliş, şuningdek çegaradagi tovarlarning asossiz kutişi, çegaralangan nazorat-ötkaziş punktlaridagi boşqa köplab masalalar böyiça umumiy fikrga keliş uçun imkoniyat yaratadi. Misol uçun, Transport infratuzilmasini rivojlantiriş va zamonaviylaştiriş, yangi transport koridorlarini taşkil etiş, mintaqadagi davlatlarda bu sohaga oid mahalliy qonunçilikni özaro uyğunlaştiriş zarur. Umid qilamizki, tomonlar Osiyo va Yevropani boğlovçi transport koridorlari yaxlit tizimini yaratiş, raqobatbardoş tranzitni ta'minlaş maqsadida yuk taşiş böyiça sodda va qulay mexanizmini taşkil etiş böyiça bir fikrga kelişadi. Transport va kommunikatsiyalar sohasida Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan vazifalarning keng kölamini hisobga olgan holda, uşbu masalalarni birgalaşib, davlatlararo darajada hal etiş lozim», deydi Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev.
Konferentsiya mavjud va yangi tranzit yöllari infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida huquqiy va texnik masalalar böyiça davlat va xususiy sektor vakillari muloqoti, şuningdek investorlar, donorlar va benefitsiarlar örtasida koordinatsiya masalalarini hal etiş uçun maydon bölib xizmat qiladi.
Konferentsiya yakunida Markaziy Osiyo mintaqasida transport sohasini rivojlantirişga doir kommunikatsiyalar va bir qator protokollarni qabul qiliş rejalaştirilmoqda.

















