Özbekiston Kubogida çorakfinal öyinlari yakunlandi.

Olmaliqning OKMK klubi öz maydonida Pro-liga vakili, Muborakning «Maş'al» klubini qabul qildi. 

56-daqiqada «Maş'al» Xumoyun Murtazoyev zarbasidan söng, hisobni oçişga muvaffaq böldi. 78-daqiqada Kamoliddin Murzoyev uni tenglaştirdi. Öyinning asosiy vaqtida ğolib aniqlanmagaç, qöşimça taymlar belgilandi. Unda OKMK qiyinçilik bilan gol urib, ğalabani ilib ketdi. 110-daqiqada Vladimir Bubanya hal qiluvçi töpni darvozaga yölladi. Sönggi soniyalarda esa Jasur Hasanov böş qolgan darvozani işğol etib, yakuniy hisobni belgiladi.

Natijada OKMK Özbekiston Kubogi yarimfinaliga çiqdi. Avvalroq «Paxtakor», «Qöqon-1912» va «Bunyodkor» klublari ham 1/2 final iştirokçisiga aylanişgan edi.

Yarimfinal juftliklari Sport telekanali orqali jonli efirda namoyiş etiladigan «Gol» körsatuvi vaqtida taşlanadigan qur'a orqali aniqlab olinadi. Körsatuv ertaga, 20 sentabr kuni soat 19:40da boşlanadi.  

1/2 final öyinlari 27-28 sentabr kunlari bölib ötişi közda tutilgan.

Özbekiston kubogi, 1/4 final
19 sentabr, Olmaliq
OKMK (Olmaliq) - Maş'al (Muborak) - 3:1 (q.v.)
Gollar:  Kamoliddin Murzoyev (78), Vladimir Bubanya (111), Jasur Hasanov (120+2) - Humoyun Murtazoyev (56)