Özbekiston hukumati kelasi yildan dastlabki yevroobligatsiyalar çiqarişni közlamoqda va bu ayrim lavozimiy özgarişlarda ham öz aksini topmoqda.  HSBC’da işlagan Odilbek Isoqov Moliya vazirligi boşqarmasiga boşliq etib tayinlandi. Bu tayinlov haqida xabar tarqatgan Reuters'ga köra, HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uçun jahon moliya bozorlarida qimmatli qoğozlar çiqarişni taşkil etiş boşqarmasi direktori lavozimida işlab kelgan Odilbek Isoqov endilikda Moliya vazirining maslahatçisi hisoblanadi. Moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan Isoqov kredit reytingini oliş va suveren yevroobligatsiyalar emissiyasi jarayonini nazorat qiladi.

Odilbek Isoqov Özbekiston xalqaro kredit reytingiga nima uçun ildam intilayotgani va bu muhim zaruriyatga aylanib borayotgani haqida öz fikrlarini Kun.uz'ga bildirdi.

Xalqaro kredit reyting nima? Reyting belgilaşda asosan qanday omillar inobatga olinadi?

Xalqaro kredit reyting, sodda qilib aytganda, bu qarz oluvçining tölov qobiliyatini aniqlovçi xalqaro mezondir. Asosan Moody’s, Standard & Poors (S&P) va Fitch kompaniyalari tomonidan çuqur tahlil natijasida taqdim etiladigan xalqaro reytinglar jahon moliya bozorlarida keng tan olingan baho sanaladi. Har bir investor öz sarmoyasini ma'lum moliyaviy instrument yoki loyihaga tikişdan oldin, eng avvalo qarz oluvçining tölov qobiliyatini tekşiradi, keyin zarur qarorlarni qabul qiladi.

Xalqaro kredit reytinglarning yana bir muhim jihati – moliya bozorida qarz instrumentlari narxini belgilaşdagi rolidir. Masalan, Moody’s/S&P/Fitch böyiça Aaa/AAA/AAA  reytingga ega bölgan Şvetsiya, Ba1/BBB-/BBB-reytingga ega bölgan Rossiya Federatsiyasidan 5 yil uçun