2018 yilning 19 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Faxriylar kengaşi raisi, iste'fodagi general-mayor Ğofur Rahimoviç Rahimov 89 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Içki işlar organlarida 1949 yildan xizmat faoliyatini boşlagan Ğofur Raximov nafaqat tezkor xizmatning malakali, kuçli xodimi, balki jamoat arbobi sifatida ham xalqqa tanildi. 

U xizmat davomida, ayniqsa Andijon, Buxoro viloyatlari Içki işlar boşqarmalari boşliği, Içki işlar vazirining örinbosari bölib işlagan vaqtida köplab şogirdlar tayyorladi. Bugungi kunda ular respublika içki işlar organlarining turli sohalarida rahbarlik lavozimlarida fidoyi xizmat qilib kelmoqdalar.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.