Özbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida taniqli jurnalist, noşir va matbaaçilardan iborat Jamoatçilik kengaşi tuzildi. Jamoatçilik kengaşining asosiy vazifasi matbuot va axborot sohalariga doir qonunçilik ijrosini ta'minlaşda iştirok etiş, noşirlik, matbaaçilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirişga kömaklaşişdan iborat.

Yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qoçdi gazeta-jurnallar naşr etilişi töxtamayotgani, respublikaning çekka hududlarida kitob dökonlari va kutubxonalar mavjud emasligi, borlarida ham kitoblar yetişmasligi bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Qonun talablarini buzayotgan “tadbirkor”larga tanbeh beriş, ularni tartibga çaqiriş, soha faoliyati bilan boğliq oğriqli nuqtalarni örganiş, kerakli tavsiyalarni işlab çiqişni 14 nafar jurnalistika, filologiya, noşirlik, matbaaçilik va kutubxonaçilik sohasining ustunlaridan iborat tarkibdagi Jamoatçilik kengaşi öz zimmasiga olmoqda.

Jamoatçilik kengaşi Özbekiston Matbuot va axborot agentligining nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari, noşirlik, matbaa korxonalari, axborot-kutubxonalar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlaş uçun “köprik” vazifasini ham ötaydi.

Jamoatçilik kengaşiga jurnalist va yozuvçi, filologiya fanlari doktori Xurşid Döstmuhammad raislik qiladi. Kengaşdan, şuningdek, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalistlar Jabbor Razzoqov, Ahmadjon Meliboyev, olim Omonulla Madayev, Saydi Umirov, taniqli adabiyotşunos Bahodir Karimov, kutubxona faxriysi Abdusalom Umarov va boşqalar örin olgan.