Sport | 11:06 / 21.09.2018
19412
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov Makgregorni «pachaqlab tashlash»ga va'da berdi

Foto: Univision.com

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) musobaqasi oldidan tashkil etilgan an'anaviy matbuot anjumanida irlandiyalik Konor Makgregor bilan kutilayotgan jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men uni pachaqlab tashlayman. Uning kurashish uslubi umuman foyda bermaydi, u hech qanday standartlar talabiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Men xotirjam chiqib, uning yuzini sindirib tashlayman. Shundan so‘ng u yana boksga qaytishi mumkin bo‘ladi», - dedi rossiyalik.

Shuningdek, Habib Nurmagomedov jang o‘tkazish evaziga olinadigan pullar haqida ham gapirib o‘tdi.

«Hammasi oddiy. Sen pul uchun, men esa meros uchun, o‘zimdan keyin nimadir qolishi uchun jang qilmoqdaman», - degan Nurmagomedov Makgregorga qarata.

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Makgregor Nurmagomedov «mayda kalamush» ekani, uni bir raundda sindirishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid