Aralaş yönaliş böyiça (MMA) irlandiyalik jangçi Konor Makgregor dunyodagi eng maşhur promouşen - Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) bilan yangi şartnoma imzoladi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga köra, sobiq çempionning taşkilot bilan tuzgan şartnomasi oltita jangga möljallangan. Ular orasida rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jang ham bor. Şartnomaning moliyaviy şartlari oşkor qilinmadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makgregor: Nurmagomedov mayda kalamuş ekani, uni bir raundda sindirişini ma'lum qilgandi.
Bunga javoban Nurmagomedov Makgregorni «paçaqlab taşlaş»ga va'da berdi.
Nurmagomedov va Makgregor örtasidagi jang 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötadi.












