Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Baliqçilik sohasini yanada qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi va “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasining baliqçilik xöjaliklari sun'iy suv havza maydonlarini bosqiçma-bosqiç intensiv usulda baliq yetiştirişga ixtisoslaştiriş töğrisidagi taklifi qabul qilinişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi Suv xöjaligi vazirligi, “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019 yilda intensiv usulda baliq yetiştirişga ixtisoslaştirilgan sun'iy suv havza maydonlarini prognoz parametrlarini baliqçilik xöjaliklari kesimida işlab çiqib tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Özbekiston Fanlar akademiyasi Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi va “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Xitoy va Vetnam davlatlarining baliqçilik sohasida ilğor va zamonaviy texnologiyalari asosida sun'iy suv havza maydonlarida intensiv usulda baliq yetiştirişni taşkil etiş böyiça uslubiy tavsiyalar va namunaviy loyihalarni işlab çiqib joylarga yetkazilişini ta'minlaydilar.
Belgilab qöyilişiça, baliqçilik fermer xöjaliklarining kadastr hujjatlarida körsatilgan intensiv usulda baliq yetiştiradigan yer maydonlari 2019 yilning 1 yanvaridan boşlab dastlabki uç yil davomida yagona yer soliğidan ozod etiladi.
Ipoteka-bank va tijorat banklariga baliqçilik taşkilotlarining buyurtmalariga binoan beş yil muddatga, şu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalaştiriş stavkasidan yuqori bölmagan stavka böyiça imtiyozli kreditlar ajratiş tavsiya etiladi.
2022 yilning 1 yanvarigaça:
“Özbekbaliqsanoat” uyuşmasiga a'zo taşkilotlar tomonidan çetdan olib kelinadigan qafas (sadok) va yopiq suv aylanma tizimi uskunalari, suvga havo purkagiçlari (aeratorlar), baliq ovlaş anjomlari, naslli ona baliq, baliq uvildiriği, liçinka, çavoq baliq, qayta işlaş uçun keltiriladigan muzlatilgan baliq mahsuloti, baliq mahsulotlarini qayta işlaş, muzlatgiç va saqlaş uskunalari hamda ularning ehtiyot qismlari, granulalangan omuxta yem, inkubatsiya sexi, melioratsiya işlari uçun maxsus texnikalar (buldozer, ekskavator, frontal yuklagiç, zemsnaryad, yuk maşinasi) va tirik baliq taşuvçi transport vositalari;

















