Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning bildirişiça, harbiy paraddagi terakt uçun mas'uliyat «terrorizmning mintaqaviy homiylari va ularning amerikalik yöriqçilari» zimmasidadir. Bu haqda u tvitterdagi özining akkauntida yozgan.
Eronning janubi-ğarbidagi Ahvaz şahridagi harbiy paradda terakt 22 sentabr kuni ertalab sodir böldi.
«Xorijiy rejimlar tomonidan yollangan, öqitilgan, qurollantirilgan va moliyalaştirilgan terrorçilar Ahvazga hujum qilganlar. Bolalar va yoşlar qurbonlar orasida bor. Eron röy bergan hujum uçun mas'uliyatni terrorizmning mintaqaviy homiylari hamda ularning amerikalik yöriqçilari zimmasiga yuklaydi», - deya yozgan Zarif.
Şuningdek, Eron taşqi siyosat idorasi rahbarining ta'kidlaşiça, Eron «tez va qat'iyatli» tarzda öz fuqarolarini himoya qiliş uçun javob harakatlarini amalga oşiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erondagi terakt videosi paydo bölgandi.

















