Jahon | 08:48 / 22.09.2018
16109
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Donbass bo‘yicha ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi

Foto: Global Look Press/ZUMA/Zheng Chuang

Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin Kiyev va g‘arbdagi sheriklar fikricha, Donbassdagi tinchlikparvarlik missiyasi qanday bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. U bu haqda Radio NV efirida ma'lum qildi, deya xabar beradi UNIAN.

Klimkinning ma'lum qilishicha, rejada Donbassda harbiylar, politsiyachilar va xalqaro ma'muriyatning bo‘lishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, politsiyachilar hamda xalqaro ma'muriyat masalasi «megaprinsipialdir».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbassdagi tinchlikparvarlar bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi Ukraina va uning g‘arbdagi sheriklaridan alohida bo‘lishi lozim. Uning ta'kidlashicha, bunday loyiha «ancha avval» tayyorlab qo‘yilgan.

Ukrainalik vazirning qo‘shimcha qilishicha, tinchlikparvarlik operatsiyasi bosqichma-bosqich kechishi kerak.

«Biroq, umuman olganda, bu faqat ma'lum bir missiyalarni qo‘riqlaydigan tinchlikparvarlar bo‘lishi kerak emas... Tutash chiziq bo‘ylab o‘tiradigan tinchlikparvarlar shart emas... Egallab olingan barcha hududga bosqichma-bosqich, biroq kirib borish jarayoni bo‘lishi lozim», - deya aytib o‘tdi Klimkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyani «ovozni o‘chirishga» chaqirgan Britaniya vaziri Donbassga kelgandi

Mavzuga oid