Sport | 15:48 / 22.09.2018
16678
2 daqiqa o‘qiladi

«Real»ning yana bir yetakchisi firibgarligi uchun shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich Ispaniyada soliqlarga doir firibgarlikda aybdor deb topildi. El Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, xorvatiyalik xavbek 8 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, Modrich tergovda o‘ziga nisbatan ochilgan ishning ikkita bandi bo‘yicha aybdor ekanini tan olgan. Lukaga shartli qamoq jazosidan tashqari 60 ming yevro jarima ham tayinlangan. U bunga qadar 1,2 million yevro miqdorida kompensatsiyani to‘lab bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta «Real»ning boshqa bir a'zosi – Marselo ham soliq qonunchiligini buzganlikda ayblanib, 753 ming yevro jarima to‘lagan va shartli 4 oylik qamoq jazosini olgan edi.

Sentyabr oyi boshida esa «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ispaniya soliq idorasi qo‘ygan ayblarni tan olgan va bir yillik shartli qamoq jazosiga rozi bo‘lgan edi

Ma'lumot o‘rnida, Ispaniyada qonunchiligiga muvofiq, iqtisodiy qonunbuzarliklar bo‘yicha olingan 2 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi shartli hisoblanadi va bunda jinoyatchi qamoqqa olinmaydi.

Mavzuga oid