Özbekiston tabiati xaqida söz ketganda, albatta, iliq gap eşitasiz. Boisi 4 faslni özida jamlagan bu hudud tabiati turfa xilligi, betakror manzarasi bilan köpçilikning hayratiga sabab böladi. Mamlakatimizda sönggi yillarda ekoturizmni rivojlantirişga bölgan e'tibor ham ayni omillar bilan boğliq.  

Özbekiston Amerika Qöşma Ştatlari bilan köplab sohalarda hamkorlikni yölga qöygan. Ayniqsa, sönggi yillarda bu tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, qişloq xöjaligi sohasida ham.

Kuni keça AQŞ qişloq xöjaligi departamenti hamda Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi hamkorligida Toşkent viloyatining Parkent tumanida joylaşgan “Söqoq” örmon xöjaligida seminar-treninglar taşkil qilindi.

AQŞ örmon xizmatining yuqori tajribali mutaxassislari olib borgan seminarda, asosan, örmonning tabiiy manbalariga zarar keltirmasdan sayyohlar oqimini köpaytiriş borasida tajriba almaşildi.

KUN.UZ tahririyati ham seminarda iştirok etdi va AQŞ örmon xizmati mutaxassisi Liya Lord bilan ayni mavzuda suhbatda böldi.

- Men AQŞ hukumat xizmatining xalqaro bölimida işlayman. Bu yerdaligimdan maqsad Özbekistondagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş. Ayta olişim mumkinki, vataningizda juda gözal joylar köp. Men şunday joylarning köproğini körişni istayman. Men Özbekistonning Samarqand, Buxoro va Toşkent kabi tarixiy va zamonaviy şaharlarida böldim. Ammo Özbekistonda tabiat gözalligi aks etgan joylar ham bor va ular soni köp. Özbekistonlik hamkasblarimiz bilan öylaymizki, mana şunday joylarni jahonga körsatiş, ekoturizmni rivojlantiriş uçun mamlakatingizda salohiyat bor.

Ayni damda özbekistonlik hamkasblarim ekoturizmni rivojlantiriş uçun tinimsiz, faol harakat qilişmoqda. Masalan, Toşkentga yaqin “Söqoq” xiyobonini olaylik. Şaharliklar bu yerga kelib hordiq çiqarişlari, sayr etişlari, tabiatni, toğlarni tomoşa qilişlari mumkin. Bu Özbekistondagi ana şunday joylarga namuna böla oladi. Şu sabab biz nima qiliş kerakligini körsatib beriş uçun aynan “Söqoq”da işlayapmiz.