Eron xalqaro maydondagi xatti-harakatlarini özgartirmas ekan, AQŞ bu mamlakat bilan munosabatlarda yangi sanksiyalarni qöllaşda davom etadi. Bu haqda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi Jon Bolton Fox News telekanali efirida gapirdi.

Uning sözlariga köra, AQŞ Eron bilan yadro kelişuvidan çiqişi va rasmiy Tehronga nisbatan sanksiyalarning yangilanişi Eronga ham, mintaqaga ham ta'sir körsatadi. «Bizningça, çoralar bu davlatning mintaqadagi boşqa davlatlarga öz irodasini ötkazişiga ta'sir körsatadi. Biz öylaymizki, navbatdagi sanksiyalar (noyabr oyida - tahr.) bu mamlakatda ham iqtisodiy, ham siyosiy oqibatlarga ega böladi. Biz şuni istaymiz. Biz Erondagi rejim jiddiy özgarişini istaymiz», degan u.

U agar Eron öz siyosatini özgartirmasa, mamlakatga qarşi qöşimça çeklovlar qöllanişini qöşimça qilgan.

Eronning OPeKdagi vakili Husayn Kazempur Ardebili esa rasmiy Tehron AQŞning sa'y-harakatlariga qaramasdan, neft eksport qilişda davom etişini aytib ötgan.

«Bozorlar hozirça biz uçun oçiq va biz neft eksport qilişda davom etamiz. Biz kelgusida ham neftimizni eksport qila olişimizga işonç bildiramiz», degan u AQŞ tomonidan sanksiyalar yana tiklanişidan keyin nima bölişi mumkinligi haqidagi savolga javoban.

Yadroviy dastur böyiça kelişuv
Şu yilning may oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqqanini e'lon qilgandi. U bu qarorni mazkur kelişuv muddat yakunlanganidan keyin Tehron yadroviy dasturiga qaytmasligini kafolatlay olmasligini rökaç qilgan holda qabul qilgan. Tramp Tehronga qarşi barça sanksiyalar tiklanganini ma'lum qilgandi.

Amerika sanksiyalarining bir qismi 7 avgust kunidan amalga kirdi. Bu sanksiyalar Eron avtomobilsozlik va metall sanoatini ham qamrab olgan. Neft mahsulotlari sotuvini çeklaş közda tutilgan sanksiyalar 5 noyabrdan kuçga kiradi. 

«Oltilik»ning boşqa a'zolari AQŞning bunday qadamiga qarşi çiqişdi. Vaşingtonning Yevropadagi hamkorlari Eron bilan yadroviy kelişuvga amal qilişda davom etişmoqda.

Energetika sektoridagi sanksiyalar noyabr oyida kuçga kiradi. Vaşington Erondan neft eksporti butunlay töxtatilişiga erişmoqçi.