2018 yil 25-26 sentabr kunlari Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Özbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlar Axborot kutubxonalarida 1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan “Soğlom va ma'naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” şiori ostida “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar körgazmasi bölib ötadi.

Festival Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.

“Bolalar kitobi” respublika festivalini ötkazişdan közlangan maqsad – bolalar örtasida kitob mutolaasini tarğib etiş va kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, ularning intellektual salohiyati va ma'naviy saviyasini yuksaltiriş hamda ularni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar va bolalar naşriyotlari bilan yaqindan taniştiriş.

Festival doirasida Özbekiston Milliy kutubxonasi foyesi va öqiş zallarida kutubxona fondidan joy olgan bolalar adabiyoti namunalari körgazmasi, mamlakatimizning yetakçi naşriyotlari tomonidan naşr etilgan bolalar kitoblari, jumladan, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara badiiy, ma'naviy-ma'rifiy, ensiklopedik kitoblar taqdimotlari bölib ötadi, çegirmali kitob savdosi taşkil etiladi. Yoş kitobxonlarni bolalar şoiri Dilşod Rajab va Raim Farhadi, bolalar adabiyoti naşriyotlarining noşirlari bilan ijodiy uçraşuvlar kutmoqda.

Özbekiston Milliy kutubxonasining fondida saqlanuvçi nodir qölyozmalar va mumtoz adabiyot namoyandalari asarlari bilan jihozlangan “Navoiy” öqiş zalida Alişer Navoiy ijodi asosida, yoş avlodning Navoiy ijodini qay darajada bilişini aniqlaş maqsadida, ularda mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodiga iftixor tuyğusini uyğotiş maqsadida adabiy viktorina bölib ötadi. Jajji kitobxonalar uçun bolalar asarlari böyiça tayyorlangan qiziqarli topşiriq va sarguzaştlarga boy kvest-öyinlar ötkazilişi rejalaştirilmoqda.

Festivalning badiiy qismida “Kitoblarni qutlaymiz!” mavzusida teatrlaştirilgan konsert dasturi örin olgan. “Bolalar kitobi” respublika festivali mamlakatning barça viloyatlarida Axborot kutubxonalarida bölib ötadi.