Eron Ahvozdagi köplab fuqarolar halok bölgan terrorçilik harakati uçun AQŞ va Isroildan qasos oladi. Islom inqilobi qöriqçilari korpusi boş qömondonining örinbosari Husayn Salomiy ana şunday bayonot berdi, deb xabar qildi Reuters.

«Sizlar qasosimizni kördingiz... Javobimiz keskin va yakson qiluvçi böladi va qilgan işingiz uçun puşaymon bölasiz», — degan u qurbonlarni sönggi yölga kuzatiş marosimida.  

Tehron Ahvozdagi teraktda AQŞning Fors körfazidagi ittifoqçilarini aybladi. Reuters’ning qayd etişiça, birinçi navbatda Iroq, Yaman, Livan va Suriyadagi muxolif kuçlarni qöllab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni aybdor.

Eslatib ötamiz, 22 sentabr şanba kuni ertalab Eronning janubiy-ğarbiy qismidagi Ahvoz şahrida harbiy paradda qatnaşayotganlarga terrorçilik hujumi uyuştirildi. Hujum natijasida 28 kişi halok bölgan, 60 kişi jabrlangan.