AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli OAVda AQŞ boş prokurori va adliya vazirining birinçi örinbosari Rod Rozenstayn AQŞ prezidenti Donald Trampni hokimiyatdan çetlaştiriş fikrini bildirgani haqidagi axborotga izoh berdi.
Xeyli ABC telekanali efirida bunday gaplarni tuturiqsiz va AQŞ ma'muriyatida biror kimning Trampni “kasbiy yaroqsizligi” sababli çetlatişga urinişini imkonsiz deb atagan.
“Men heç qaçon bu haqda eşitmaganman va ma'muriyat a'zolari haqida gapirilsa, buning haqiqatga aloqasi bor, deb öylamayman”, deb ta'kidlab ötgan Xeyli.
Uning ta'kidlaşiça, ma'muriyatda heç kim prezidentning ruhiy soğligi yoki biror şunday holatni savol ostiga qöymagan.
Avvalroq The New York Times naşri Rozenstayn Tramp boşçiligidagi ma'muriyat “qanday xaosda qolganini” körsatiş uçun Oq uy rahbarining suhbatlari audioyozuvini qilmoqçiligini ma'lum qilgan. Rozenstayn göyoki Trampdan hokimiyatning vitse-prezident Maykl Pens foydasiga olib qöyilişini rejalaştirgan.

















