O‘zbekiston | 18:32 / 24.09.2018
30179
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvardan qator mahsulotlarga aksiz solig‘i joriy etiladi

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariluvchi, tarkibida yog‘lar, tuz va shakar miqdori katta bo‘lgan, shuningdek, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan gazlangan suvga aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin. Bu haqda prezidentning tegishli qarori loyihasida aytiladi.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi va respublikaga olib kiriluvchi kalyan hamda elektron sigaretalarga aksiz solig‘i joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2019 yilning 1 yanvaridan tamaki va alkogol mahsulotiga, vino mahsulotidan tashqari, aksiz solig‘i miqdori 10 foizga oshirilishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tarkibida yog‘lar, tuz va shakar miqdori ko‘p bo‘lgan, shuningdek, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan gazlangan suv toifasiga qaysi mahsulotlarni kiritish bo‘yicha tartibni ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid