Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya erkin savdo haqida yangi bitim imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In erkin savdo haqida yangi bitim tuzishdi. “Bu AQSh va Janubiy Koreya uchun buyuk kun”, deb aytgan Tramp hujjat imzolanishi vaqtida. Uning aytishicha, endi kelishuvlar “halol va o‘zaro manfaatli” hisoblanadi.
Janubiy Koreya prezidenti ikki davlat kompaniyalari “endi barqarorroq sharoitlarda o‘zaro faoliyat yurita olishlarini” qo‘shimcha qilgan.
Tramp va Mun Chje In o‘rtasidagi uchrashuvda ikkinchi AQSh-Shimoliy Koreya sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olingan va Pxenyanga qarshi kiritilgan sanksiyalarning “shijoatli amalga oshirilishi” yo‘li orqali Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishni davom ettirish kerakligi ta'kidlab o‘tilgan.
Mun Chje In yaqin orada bo‘lib o‘tadigan AQShga tashrifi davomida Tramp bilan joriy yildayoq Koreya yarimorolida urushni rasman to‘xtatish imkonini muhokama qilishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026