Departamentning Sirdaryo viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan Sayxunobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda, Departamentning Sayxunobod tuman bölimi inspektori A.R.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda tuman DSENM boş şifokori B.D., DSENM faoliyati böyiça ötkazilgan tekşirişda aniqlangan kamçiliklarni dalolatnomada körsatmaslik evaziga bölim inspektori A.R.ga 200 AQŞ dollari pora sifatida taklif qilib, 200 AQŞ dollarini A.R.ning xizmat xonasida bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.D.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq prokuratura xodimiga pora taklif qilgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.