Hazorasp tuman prokurorining katta yordamçisi lavozimida iş örganuvçi A.Pölatov viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda Xazorasp tumanidagi «Davlatyorov Yöldoş Bekturdi» fermer xöjaligi faoliyatida qonun buzilişi holatlari aniqlanganligi sababli, fermer xöjaligining norasmiy rahbari  Y.Bekturdiyev uşbu holatni uning foydasiga hal qilib beriş evaziga 3000 AQŞ dollari taklif qilganligini bildirgan.

Boş prokuratura matbuot xizmati xabariga köra, uşbu bildirgi asosida Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Y.Bekturdiyev A.Pölatovga uning xizmat xonasida 2000 AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Y.Bekturdiyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq prokurorga pora taklif qilgan şaxs uşlangandi.