Özbekiston MTRKning «Yoşlar» teleradiokanaliga vaqtinça direktor vazifasini bajaruvçi tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, Nozimjon Möminov bundan buyon «Yoşlar» teleradiokanali direktori v.v.b sifatida işlaydi.

N.Möminov bunga qadar «Yoşlar» teleradiokanali» AJ direktorining birinçi örinbosari bölgan.

Nozimjon Mahmudoviç Möminov 1976 yil Farğona viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, Farğona davlat universiteti, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Özbekiston 24» telekanali direktori özgargandi. Telekanalga bungaça «Yoşlar» telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov direktor etib tayinlandi.

Özbekiston MTRKdagi manbalar ma'lumotiga köra, sönggi vaqtlarda «Yoşlar» telekanalidagi moliyaviy holat ança yomonlaşgan. Xodimlarga iş haqi tölaşda keçikişlar yuzaga kelmoqda.