Qobuljon Ahmedov «Yoşlar» telekanali direktori etib tayinlandi. Bu haqda MTRK majlislar zalida ötgan yiğilişda ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ning telekanaldagi manbasi.
Qobuljon Ahmedov teleradiokanal direktorligini şu vaqtga qadar özi işlab kelayotgan «MY5» telekanali va Özbekiston yoşlar ittifoqi Yoşlar media markazi direktorligi bilan birga davom ettiradi.
Eslatib ötamiz, «Yoşlar» telekanali direktorligi 2018 yilning sentabr oyida «Özbekiston24» telekanaliga rahbar bölgan Madamin Safarovdan keyin böş qolayotgan va uning birinçi örinbosari Nozimjon Möminov bu vazifani bajarib kelayotgandi.
Qobuljon Ahmedov «Darakçi» gazetasi, «NTT» telekanalida ham işlagan.
















