Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil futbolchisi bo‘lishga nomzodlar qancha ovoz to‘plagani ma'lum qilindi. Messi 5-o‘rinda
FIFA talqini bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da'vogarlar ovoz berish jarayonida qancha ball to‘plagani ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, FIFAning «Eng yaxshi» sovrinlari ovoz berish orqali aniqlanadi. 25 foiz ovoz muxlislar va jamoatchilik fikri, yana 25 foiz jahon ommaviy axborot vositalari bergan ovozga asoslanadi. Qolgan 50 foizlik ovoz berish huquqi barcha terma jamoalar bosh murabbiylari (25%) va ularning sardorlariga (25%) berilgan.
Tashkilot rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich umumiy ovozlarning 29,05 foizini to‘plab, yil o‘yinchisi deya e'tirof etilgan. Ovozlar hisobi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Real»ning portugaliyalik sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallagan – 19,08 foiz. Kuchli uchlikni yakunlab bergan Muhammad Saloh umumiy ovozlarning 11,23 foizini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
E'tiborlisi, Argentina terma jamoasi va «Barselona» yarimhimoyachisi Lionel Messi so‘rovnomada 9,81 foiz ovoz to‘plab, 5-o‘rinda qayd etilgan.
2018 yilning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun FIFA so‘rovnomasi natijalari:
1. Luka Modrich – umumiy ovozlarning 29,05 foizi
2. Krishtianu Ronaldu – 19,08 %
3. Muhammad Saloh – 11,23 %
4. Kilian Mbappe – 10,52%
5. Lionel Messi – 9,81 %
6. Antuan Grizmann – 6,69 %
7. Eden Azar – 5,65 %
8. Kevin De Bryuyne – 3,54 %
9. Rafael Varan – 3,45 %
10. Harri Keyn – 0,98 %
Mavzuga oid
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026
«Qizil chiziqdan o‘tildi». UYeFA Infantinoni ag‘darmoqchi
17:52 / 03.07.2026
FIFA Rivaldo oldidagi qarzdorlik tufayli «Bunyodkor»ga transfer taqiqi qo‘ydi
16:34 / 12.06.2026