“Özbekiston poçtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali

Joriy yilning 22 sentabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loiş şaharçasida yaşovçi U. Yo.ning murojaatiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda, «Özbekiston poçtasi» AJ Samarqand filiali direktori Şerali​ Umarov yuqori turuvçi rahbarlarga va öziga jami 100,0 ming AQŞ dollari berişini talab qilib, şundan 40,0 ming AQŞ dollarini öz xizmat xonasida olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinişiça, Umarov filialning ma'muriy binosi hududidan 30x7 metr yer maydonini U.Yoga ajratib beriş uçun «Özbekiston poçtasi» AJning kuzatuv kengaşi qarorini çiqartirib berişi evaziga​ pora talab qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan şu kunning özida viloyat prokuraturasi tomonidan Umarov Şeraliga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan. Jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.