O‘zbekiston va Ukraina 2019 yildan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tiklashi mumkin
O‘zbekiston va Ukraina 2019 yildan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta tiklash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina Infratuzilma vazirligi xabar bermoqda.
«Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» xalqaro anjumani vaqtida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ukraina vazirligi vakillari O‘zbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi xodimlari bilan 2019 yil bahor-yoz davridan boshlab Toshkent hamda Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tiklash masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, 2017 yil dekabr oyida imzolangan bayonnoma asosida gap haftasiga ikkitadan reys haqida ketmoqda - har bir mamlakat tashuvchisidan bittadan («O‘zbekiston havo yo‘llari» va «Ukraina xalqaro havo yo‘llari»).
Ukraina delegatsiyasining Avtomobil transport davlat agentligi rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvi chog‘ida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma kvotalarini oshirish masalasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Ukraina tashuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston avtomobil yuk tashuvlari bo‘yicha qo‘shma operatorni tashkil etish borasida yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2015 yil may oyida «Toshkent-Kiyev-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatdi, o‘sha yilning sentabr oyida esa Ukraina poytaxtidagi ofis yopilgan.
Mavzuga oid
22:34
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024