Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yuşçenko «112 Ukraina» telekanali efirida Donbass va natsistlar Germaniyasidagi vaziyatni taqqosladi.
Yuşçenkoning fikriça, özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respublikasi» («LXR»)dagi aholi «tarğibot» qurboni sanaladi. Uning ta'kidlaşiça, bu hududda hozirgi paytda Kiyev şafeligida saylovlarni ötkaziş mumkin emas, sababi harbiy mojaroning tört yili mobaynida mintaqa aholisining özini-özi anglaş darajasi sezilarli darajada özgardi. Yuşçenkoning fikriga köra, Ikkinçi jahon uruşida Germaniya mağlubiyatga uçraganidan keyin ham şunday vaziyat yuzaga kelgan.
«Nega 1945 yilda Germaniyada Amerika, Fransiya va Britaniya hududlarida saylov ötkazilmagan? Nima uçun 1946 yilda u yerda saylovlar bölmagan, axir Adolf Gitler yöq edi-ku. Nima uçun 1947 yilda saylovlar ötkazilmagan?», - deya savol bilan çiqqan Yuşçenko.
Şuningdek, Yuşçenko Donbass aholisiga qanday qilib Kiyev «döst» ekanligini körsatiş borasida savol bilan murojaat qilgan. Şu bilan birga, uning qayd etişiça, «DXR» va «LXR» aholisi Ukrainaning qolgan fuqarolariga «qarama-qarşi» emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyadan şikoyat qilgandi.












