Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanidagi fermer xöjaligi hududida joylaşgan sun’iy suv havzasida 14, 16 va 17 yoşli uç nafar qiz çökib halok böldi.
Boş prokuratura matbuot xizmatiga köra, fojia 17 iyul kuni soat 13:00 atrofida Paxtazor mahallasida sodir bölgan.
Qizlar Mulla-Buloq fermer xöjaligi yer maydonida tomçilatib suğoriş uçun qazilgan sun’iy suv hovuziga çömiliş uçun tuşgan. Oqibatda ularning barçasi çökib halok bölgan.
Ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilgan. Tuman sud-tibbiy ekspertiza bölimining dastlabki xulosasiga köra, ölimga «yuqori nafas yöllarining suyuqlik suv bilan berkilişi natijasida mexanik asfeksiya» sabab bölgan.
Hodisa yuzasidan Mirzaçöl tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari ötkazilmoqda.

















