Jamiyat | 00:14 / 26.09.2018
10755
2 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha mahalliy muxbirlarni ishga taklif etadi

Foto: iStock

KUN.UZ o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va Nukus shahrida istiqomat qiluvchi jurnalistlar va muxbirlarni ishga taklif etadi.

Mahalliy muxbirlarga qo‘yiladigan talablar:

- o‘zbek tilini mukammal bilish (qoraqalpoq, rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- yosh: 25dan 40 gacha;

- ish tajribasi: kamida 3 yil matbuot va jurnalistika sohasida;

- mahalliy voqealarni kuzatib borish, jarayonlarni tahlil qilish va bu haqda tahririyatga o‘z vaqtida ma'lum qilish;

- mahalliy xabarlarni tayyorlash, KUN.UZ nomidan turli tadbir va yig‘ilishlarda ishtirok etish, mualliflik maqolalarini yoza bilish qobiliyati;

- turli vaziyatlarga moslashuvchan va ishga nisbatan intizomli bo‘lish.

Talabgorlar oliy o‘quv yurtlarini ta'limning gumanitar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, nomzodlarning viloyat markazida yoki unga yaqin hududda istiqomat qilishiga ham e'tibor qilinadi.

KUN.UZ nimalarni taklif qiladi?

- oylik ish haqi: 2 mln so‘m va undan yuqori.

- ahil va inoq jamoa davrasida ishlash;

- rasmiy mehnat shartnomasi;

- o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

Nomzodlardan [email protected] elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar — nashr etilgan maqolalardan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar yuborishi so‘raladi.

Shuningdek, ma'lumotlaringizni +998 95 146 23 23 raqamidagi Telegram'ga yuborishingiz mumkin.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid