Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘y turizmi, ekstremal turizm, agroturizm - yangi turistik mahsulotlar
O‘zbekistonda qator yangi turistik mahsulotlar yaratilmoqda. KUN.UZ muxbirining Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov bergan ma'lumotlarga asoslanib, xabar berishicha, bu - to‘y turizmi, ot sporti turizmi, ekstremal turizm, agroturizm va boshqalar.
"Sayyohlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinmoqda. 15 dekabrda ochilishi rejalashtirilgan "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti ham shular jumlasidandir, u qishki mavsumda O‘zbekistonga turistlarni jalb qiladi, - deydi Qo‘mita raisi. - Shuningdek, ayni damda to‘y turizmi bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda, avval bunaqasi bo‘lmagan".
Baxtiyor Umarovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida mamlakatimizda hindistonlik ishbilarmonlar tomonidan mehmonxonalar qurilishi va ularning o‘zi to‘y marosimlarini o‘tkazish uchun bu yerga mehmonlarni jalb qilishiga kelishilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda ot sporti turizmi, ekstremal turizm, agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha ham qator ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
23:26 / 14.05.2026