Angliya futbol assotsiatsiyasi Londondagi «Uembli» stadionini «Fulhem» klubi sohibi Şahid Xonga sotişga rozi böldi. Financial Times tarqatgan xabarga köra, tomonlarning aprel oyidan buyon davom etayotgan muzokaralari ijobiy kelişuv bilan yakun topgan.

Manbada aytilişiça, arena sotuvi böyiça hal qiluvçi qaror ertaga, 27 sentabr kuni qabul qilinişi kutilmoqda. Şu kuni assotsiatsiyaning 10 kişidan iborat direktorlar kengaşi yiğiliş ötkazib, uşbu taklifni ovozga qöyadi.

Kelib çiqişi Pokistondan bölgan amerikalik milliarder «Uembli» uçun 600 mln funt (667 mln yevro yoki 788 mln dollar atrofida) taklif qilgan. U «Uembli»ni öziga qaraşli «Jyeksonvil Yaguars» amerikaça futbol jamoasi öyinlarini ötkaziş maqsadida xarid qilmoqçi.

Qayd etilişiça, bitim şartlariga köra, milliarder muayyan talablarni bajarmagan taqdirda yoki qandaydir jinoyat sodir etgan holatda AFA stadionni qaytarib sotib oliş huquqiga ega böladi. Şu bilan birga, xaridor tomoni stadion nomini özgartirişga ham haqli bölmaydi.

Angliyaning boş arenasida mamlakat terma jamoalari va «Tottenhem» klubi (15 dekabrgaça) uy öyinlarini ötkazadi. Şuningdek, unda içki kubok musobaqalarining final uçraşuvlari ham bölib ötadi.

«Uembli» stadioni 2002-2003 yillarda buzib taşlangan, uning örniga qad kötargan yangi öyingoh 2007 yilda oçilgan. 90 ming tomoşabinga möljallangan arena siğimi böyiça Birlaşgan Qirollikda birinçi, Yevropada «Kamp Nou»dan keyin ikkinçi örinda turadi. Stadion binosida AFA ma'muriyati ham joylaşgan.