Londonning «Fulhem» klubi APLning 33-turida «Uotford» maydonida 1:4 hisobida mağlubiyatga uçradi va yuqori divizionda qoliş uçun oxirgi imkoniyatni boy berdi.
«Oqlar» 33 öyinda 4 ğalaba va 5 durang bilan 17 oçko töplaşgan va bu bilan 19-örinni egallab turişibdi. Ligada örnini saqlab qoladigan oxirgi örin – 17-poğonada joylaşgan «Byornli» 32 öyinda 33 oçko töplagan. Skott Parker jamoasi esa mavsum tugagunga qadar umuman oçko yöqotmasa ham maksimal 32 oçko jamğaradi va «Byornli»ga yeta olmaydi.

Qayd etiş kerak, «Fulhem» Londonning eng köhna klubi sanaladi, bu klub 140 yil oldin – 1879 yilda taşkil etilgan. Jamoa 2010 yilda Yevropa Ligasi finaliga çiqib, «Atletiko»ga overtaymlarda yengilgan edi.
Eslatib ötamiz, APLda avvalgi turdan keyin 20-örindagi «Haddersfild» ham ligani tark etişi aniq bölgandi.












