Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 3 oktabrdan grin kard lotereyasi uchun ariza topshirishi mumkin
Foto: Getty Images
2020 yil “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturiga (DV-2020) 2018 yil 3 oktabrdan 6 noyabrgacha ariza topshirish mumkin. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
2020 yil dasturida mamlakatlar ro‘yxatida o‘zgarish yo‘q, ya'ni O‘zbekistonda tug‘ilgan barcha shaxslar bir marta, FIOsi pasportida yozilganiga aniq muvofiq holda, olinganiga 6 oydan oshmagan fotosurat bilan, hamda barcha oila a'zolarini qo‘shib ariza topshirish huquqiga egalar.
“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturiga (DV-2020) ariza topshirish tekin. Arizalarni faqatgina Internet orqali dvlottery.state.gov manzilida 3 oktabrdan boshlab topshirish mumkin.
Mavzuga oid
10:25
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55
AQSh va Armaniston hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarni imzoladi
14:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
10:06 / 26.05.2026