Avstraliya taşqi işlar vaziri Mariza Peyn Ukraina şarqida Malayziyaning Boeing MH17 samolyoti qulaşi böyiça suriştiruv işlariga öz munosabatini bildirdi. Bu haqda news.com.au xabar qilmoqda.
Avstraliya Taşqi işlar vazirligi rahbarining ma'lum qilişiça, Rossiya samolyotning qulaşiga aloqador ekani böyiça ayblovlarga qöşiladi. Uning qayd etişiça, Moskva «xalqaro qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortilişi lozim».
«Biz Rossiya bugungi kundagi birlaşgan tergov guruhining dalillarini qabul qilmaganidan afsusdamiz. Yana bir bor şuni takrorlaymizki, Avstraliya guruh va uning xulosalari betaraf, mustaqil hamda professional ekaniga töliq işonadi», - dedi Peyn.
Eslatib ötamiz, avvalroq Niderlandiya va Avstraliya MH17 uçun Rossiyani javobgarlikka tortiş masalasini muhokama qilgandi.












