Toşkentda Boltiqböyi hududining yetakçi ortodontiya klinikalaridan biri «Concordia zobarstnieciba» öz filialini oçdi. Endi Özbekiston aholisi Amerikaning Align Technology kompaniyasining noyob texnologiyalari asosida Invisalign körinmas kappalar tizimi orqali tişlar va tişlovni töğrilaş imkoniyatiga ega böldi.

Foto: Concordia zobarstnieciba

 Joriy yilning 22 sentabr kuni Toşkentda ötgan "Concordia Dentistry" innovatsion ortodontiya va estetik stomatologiya markazining oçiliş marosimida matbuot vakillari, kompaniyaning Özbekistondagi hamkorlari hamda mamlakatning ortodontiya, tişlarning gigiyenasi va davolaş sohasidagi yetakçi mutaxassislaridan taşkil topgan klinika jamoasi iştirok etdi. Oçiliş marosimiga Rigadan taşrif buyurgan Boltiqböyi davlatlarining TOP-3 yetakçi ortodontlaridan biri, tibbiyot fanlari doktori hamda Toşkent filiali kuratori Maris Grjibovskis quvonarli voqea haqida quyidagilarni aytib ötdi:

«Mana 5 yildirki Amerikaning Align Technology kompaniyasiga tegişli Invisalign tizimi yordamida tişlovni töğrilaş va tişlarni tekislaş bilan şuğullanib kelmoqdamiz. Uşbu vaqt davomida mutaxassislarimiz 350 dan ziyod bemorni davolaşdi. Şu bilan birga, Riganing "Concordia zobarstnieciba» klinikasining 8 yillik faoliyati davomida 3500 ortiq breket-tizimlari va 700 dan ortiq boşqa turli xildagi ortodontik apparatlar örnatilgan. Invisalign tizimi yordamida tişlovni davolaşda Latviyada peşqadamlikni qölga kiritganmiz va öz tajribalarimizni özbek kasbdoşlarimizga yetkazib berişga tayyormiz. Bu esa Özbekiston aholisining eng ilğor tiş tekislaş tizimidan foydalanişiga imkon yaratib beradi. Klinikamiz eng sönggi texnikalar bilan jihozlangan va bular balandparvoz sözlar emas. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida yagona bölgan, noyob iTero skaneri bilan jihozlaş uçun aynan Toşkent filiali tanlangan. Skaner oğiz böşliğining taşxisini amalga oşirib, 3D formatida tişlovingizning raqamli modelini yaratadi hamda davolaşdan keyin tabassumingiz qanday potensial körinişga ega bölişini oldindan aniqlab beradi. Biz barça sifat standartlariga rioya qilinişiga alohida yondaşib, özbekistonliklarga ular öz mamlakati çegarasidan çiqmagan holda Yevropa yoki Amerikadagi mijozlarimiz singari xuddi şunday xizmat sifatiga va natijalarga ega bölişlarini kafolatlab beramiz», — deb ta'kidladi doktor Maris.